«Mançester Yunayted» yarimhimoyaçisi Pol Pogba yozda jamoani tark etişi mumkin. Marca xabariga köra, futbolçining agenti Mino Rayola transfer ustida iş boşlab yuborgan.

Zidan Madridga qaytganidan keyin Pogba har qanday futbolçi «Real»da öynaşni orzu qilişi haqida gapirgandi. Bu esa uning madridliklar safiga ötişi haqida taxminlarni jonlantirmoqda.

Lekin Pogba «Mançester Yunayted»ni öz ixtiyori bilan tark etişi qiyin. Uning şartnomasida tovon puli belgilanmagan. 

Futbolçining amaldagi şartnomasi muddati 2021 yilgaça tuzilgan.

Joriy mavsumda Pogba APL doirasida 27ta öyin ötkazib, 11ta gol urgan va 9ta golga hammualliflik qilgan. «Mançester Yunayted» mavsum yakuniga 8 tur qolganida 58 oçko bilan 5-örinda bormoqda, «qizil iblislar» mavsum yakunlariga köra YeÇLga yöllanmani qölga kirita olişmasa, Pogba klubni tark etişi uçun yana bir sabab paydo böladi.