2020 yilgi Yevropa çempionati uçun saralaş bosqiçining F guruhida Ispaniya Norvegiyaga qarşi 1-tur uçraşuvini ötkazdi. Valensiyadagi «Mestalya» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyindagi birinçi gol ispanlar hujumçisi Rodrigo tomonidan 16-daqiqada Jordi Albaning pasidan keyin urildi. Ikkinçi bölim boşida norvegiyaliklar hujumçisi Joşua King 11-metrli jarima nuqtasidan hisobni tenglaştirdi. Öyinning 71-daqiqasida Ispaniya termasi sardori Serxio Ramos ham penaltini aniq ijro etdi va jamoaga ğalaba keltirdi.

Bu tur doirasida guruhdagi boşqa uçraşuvlarda Şvetsiya Ruminiyani, Malta Farer orollarini bir xil - 2:1 hisoblarida mağlub etdi.

Qayd etiş kerakki, maltaliklar uçun bu keyingi 13 yil içida ilk marta uy uçraşuvidagi ğalaba böldi. Bungaça Malta oxirgi marta 2006 yilning oktyabrida Vengriyani mağlub etgandi (2:1).

Bu şuningdek, Maltaning 2013 yil iyunidan buyon rasmiy uçraşuvlardagi ilk ğalabasi böldi, 6 yil oldin Malta Yerevanda Armanistonni yengandi (1:0).

2-turda ispaniyaliklar Ta-Kalida Maltaga qarşi öynaydi, Norvegiya Oslodagi «Ullevol» stadionida Şvetsiyani qabul qiladi, Ruminiyaga esa Farer orollari raqiblik qiladi. Barça öyinlar 26 mart kuniga belgilangan.

Yevro-2020 saralaşi
1-tur
Ispaniya – Norvegiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 16 Rodrigo, 1:1 – 65, penalti King, 2:1 – 71, penalti Ramos.
Ispaniya – De Xea, Ramos, Martines, Alba, Sebalos (Kanales, 74), Navas, Buskets, Parexo (Rodri Ernandes, 77), Asensio, Rodrigo, Morata (Mata, 89).
Norvegiya – Yarsteyn, Aleesami, Elabdellaui, Ayyer, Nordtveyt, Xenriksen, Selnes, Elyunussi (Yonsen, 55), Edegor (Elyunussi, 56), King, Yuxansen (Kamara, 77).
Ogohlantirişlar: Ayyer (35), Elyunussi (51), Sebalos (53), Yuxansen (54), Martines (64), Yonsen (74).

Şvetsiya – Ruminiya 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 33 Kvayson, 2:0 – 40 Klasson, 2:1 – 58 Keşeryu.
Şvetsiya – Olsen, Augustinsson, Lyustig (Kraft, 24), Xelander, Grankvist, Olsson, Larsson, Forsberg (Svensson, 68), Klasson, Kvayson (Isak, 89), Berg.