Yaltada tuğilgan kunni nişonlaş vaqtida zaharlangan Özbekistonning 10 nafar fuqarosi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda şahar ma'muriyati rahbari Aleksey Çelpanov xabar bergan.

«Zori Rossii» sanatoriyasi yaqinida obekt qurilişi bilan şuğullangan Özbekiston fuqarolari tuğilgan kunni nişonlaşgan va tez ayniydigan mahsulotlarni iste'mol qilişgan. 10 nafar kişi zaharlandi. Bu maişiy holat bölib, tizimli xarakterga ega emas», - dedi Yalta merining sözlarini keltirgan RIA Qrim.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, zaharlangan şaxslar sanatoriy işçilari emas. «Zori Rossii» qişki davrda sanatoriya ta'minotini saqlab turişga urinmoqda, şuning uçun boşqa obektlar qurilişida işlovçi Özbekistonning 600 nafar fuqarosiga xonalar taqdim etdi», - deya xulosa qilgan Aleksey Çelpanov. 

Zaharlangan şaxslar Yaltadagi yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib ketildi.