Isroil aviatsiyasi HAMAS yetakchisi ofisini butkul vayron qildi
Isroil aviatsiyasi 25 mart kuni HAMAS harakatining siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning G‘azodagi ofisiga raketa zarbasi berdi. Bu haqda Falastinning “Ma'n” axborot agentligi hamda Isroil armiyasi ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, dronlar yordamida o‘qqa tutish natijasida XAMAS yetakchisi ma'muriy binosi butkul vayron bo‘lgan. Bundan tashqari, XAMASning qurollangan qanoti “Izzaddin al-Qassam brigadalari” pozitsiyalari ham havodan o‘qqa tutilgan. Yana bir raketa G‘azo sharqidagi uyga tekkan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Isroil razvedkasi “Mossad”ning tvitterdagi sahifasida Haniya ofisi yo‘q qilinishi videosi joylashtirilgan.
Some of you requested videos. Here was Hamas's headquarters.
— The Mossad (@TheMossadIL) March 25, 2019
We're going to destroy some Hamas leaders' houses today.
Ismail Haniyeh. Listen for the knock on the roof. pic.twitter.com/DX7f3ZpEiu
Before and after. pic.twitter.com/CsrCN8I00n
— The Mossad (@TheMossadIL) March 25, 2019
Ma'lumotlarga ko‘ra, raketa hujumi oldidan aholining zudlik bilan evakuatsiya qilinishiga signal bo‘lgan razvedkachi samolyotlarning ogohlantiruvchi zarbalari berilgan.
Isroil zarbalariga javoban falastin guruhlari Isroil hududi tomon kamida 30 ta raketa otgan.
G‘azo atrofidagi vaziyat 25 mart kuni u yerdan Isroil tomon raketa otilishi sababli yana keskinlashgan. Raketa Isroilning markaziy qismidagi Mishmeret qishloq xo‘jaligidagi uyga tekkan. Hujum oqibatida 7 nafar isroillik, jumladan 3 nafar bola jabr ko‘rgan.
Isroil armiyasi bunga javoban HAMAS pozitsiyalariga zarbalar bera boshlagan.
Mavzuga oid
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024
Isroilning yangi mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
10:45 / 09.11.2024