Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Ispaniya qiroli Felipe VI’ga Amerika qit'asi zabt etilişi vaqtida uning tub aholisi yöq qilingani uçun uzr söraş talabi bilan maktub yölladi.
Lopes Obrador Tabaskoda konkistador Ernan Kortesning mayya-çontalya hindulari bilan jangining 500 yilligi munosabati bilan bu ştatdagi Komalkalko degan joydagi ehromga taşrif buyurib, u yerda videomurojaat yozgan.
“Bu bostirib kiriş bölgan, köplab adolatsizliklar sodir etilgan, hozir biz Amerika deb biladigan joyda yaşagan xalqlar böysundirilgan. Men Ispaniya qiroliga va Rim papasiga hozirda inson huquqlari buzilişi sifatida ma'lum bölgan qoidabuzarliklar uçun tub aholidan uzr söralişi haqida maktub jönatdim. Qotilliklar bölgan, xalqlarga tazyiq ötkazilgan, çerkovlar esa hindular ibodatxonalari ustidan joylaştirilgan”, deb aytgan Lopes Obrador.
Meksika prezidenti ham uşbu voqealar uçun uzr söramoqçi. “Çunki mustamlakaçilik davridan keyin ham yaki, mayya tub aholisiga qarşi köplab qatağonlar sodir etilgan va hattoki Meksika inqilobi vaqtida xitoyliklar qirilişi yuz bergan. Biz keçirim söraşimiz lozim”, deb aytgan Meksika prezidenti.
Lopes Obradorning aytişiça, 2021 yilda Meksika mustaqilligining 200 yilligi, atsteklar poytaxti Tenoçtitlan (hozirgi Mexiko) qulaşining 500 yilligi va uning taşkil etilganining 700 yilligi kabi bir neçta muhim sana nişonlanadi. “Bu yaraşuv yili bölişi lozim”, deb qöşimça qilgan Lopes Obrador.












