Fanlar akademiyasi (FA) huzuridagi Özbekistonning eng yangi tarixi böyiça Jamoatçilik kengaşi a'zolari, FAning Tarix instituti, Özbekistonning eng yangi tarixi masalalari böyiça Muvofiqlaştiruvçi-metodik markaz hamda oliy ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan yetakçi olimlar tomonidan ikki kitobdan iborat «Özbekiston tarixi (1917–1991 yillar)» fundamental tadqiqoti çop etildi. Mazkur fundamental kitob mualliflar jamoasining uzoq muddatli izlanişlari natijasi bölib, unda katta hajmdagi tarixiy materiallar ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi. 

FA matbuot xizmatida xabar berilişiça, Özbekistonning sovet davri tarixini anglaşning yangi paradigmalarini özlaştiriş juda murakkab keçgan. Özbekiston mustaqillikka erişgandan keyingi ötgan çorak asr davomida yaratilgan tarixiy asarlarning katta qismida davrning murakkab jarayonlarini töğri anglaşda, ziddiyatli, ba'zan qarama-qarşi yönalişlarni baholaşda xolis bölişga qaratildi.

Bu tadqiqotning sovet davrida naşr etilgan şunday asarlardan asosiy farqli jihati şundaki, mualliflar jamoasi Özbekistonning kommunistik tuzum davri voqealariga baho berişda har qanday mafkuraviy ğoyalardan holi ravişda sof ilmiy asosda yondaşişga harakat qilişgan. Qolaversa, davrning murakkab voqealarini çetlab ötmaslikka, ularni faqat tarixiy faktlarga asoslangan holda bayon qilişga alohida ahamiyat berildi. Voqealarni baholaşda fikrlar xilma-xilligi va sof ilmiy­ prinsiplarga tayaniş, tarix fanining zamonaviy yutuqlaridan foydalanişga ham harakat qilindi, deyiladi manbada.

Birinçi kitob 1917–1939 yillar voqealariga bağişlangan. Bu davrning asosiy xususiyati şundaki, hokimiyatga kelgan bolşeviklar insoniyat tarixida miqyosi böyi­ça eng keng, natijalari böyiça eng bahsli eksperimentni amalga oşirdi. Özbekistonda ham ular tomonidan ötkazilgan islohotlar natijasida yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asoslangan jamiyat şakllandi. 

Ikkinçi kitob 1939–1991 yillar voqealarini öz içiga oladi. Manbada keltirilişiça, bu davrning eng yirik va fojiali voqealari avvalo, Ikkinçi jahon uruşi bilan boğliq bölib, ularni yoritişda respublikamiz va Rossiya arxivlarida saq­lanayotgan noyob materiallardan foydalanildi hamda ularning köpçiligi ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi. Kitobdan qatağonning yangi tölqini, sovet siyosiy rejimining nisbatan liberallaşuvi davri, Özbekiston tarixining murakkab davri bölgan 1964–1983 yillardagi (Bir tomondan, şu yillari respublikamizda juda katta bunyodkorlik işlari amalga oşirildi, aholining turmuş farovonligi yuksaldi. Boşqa tomondan, paxta yakkahokimligi kuçayib, 1980-yillari boşlangan «paxta işi» sovet rejali iqtisodiyoti va umuman sovet tuzumining inqirozini yaqqol aks ettirdi) jarayonlar yoritilgan. 1985 yili boşlangan qayta quriş siyosati kutilgan natijalarni bermadi. Şu davrda Özbekiston mustaqillik sari dadil qadamlar taşladi va öz mustaqilligini e'lon qildi. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasining Özbekiston tarkibidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va madaniy hayoti alohida bobda yoritilgan.