Uber taksi xizmati öz raqibini 3,1 mlrd dollarga sotib olmoqda, bu kompaniyaning eng yirik bitimi va birinçi mintaqaviy raqib xarididir. 

Uber Yaqin Şarq mamlakatlarida faoliyat yurituvçi Careem Networks FZ taksi servisini sotib olmoqda. Şartnoma summasi - 3,1 mlrd dollar. Kompaniya uşbu summaning deyarli yarmini naqd pul körinişida, qolganini esa - bitim tugagandan keyin konvertatsiya qilinuvçi veksellar şaklida tölaydi. 

Bloomberğda qayd etilişiça, Careem'ni xarid qiliş — Uber tarixidagi eng qimmat bitim. Oktyabrda navbatdagi investitsiyalar raundida Yaqin Şarq servisi 2 mlrd dollarga baholandi. Uning investorlari qatorida Germaniyaning Daimler AG, Xitoyning Didi Chuxing, Yaponiyaning Rakuten Inc va Saudiya Arabistonnining Kingdom Holding kompaniyalari bor.

Kelişuvdan söng Careem kompaniyasi Uber'ning şö'ba korxonasi sifatida öz brendi ostida işlaşda davom etadi. Kompaniyaning amaldagi boş direktori Mudassir Şayx öz lavozimini saqlab qoladi. 

Uber boş direktori Dara Xosrovşaxi kompaniya saytiga joylaştirilgan va xodimlarga yozilgan maktubda Yaqin Şarq kompaniya uçun juda muhim ekanini ta'kidladi. Uber birinçi marta özining mintaqaviy raqibini sotib olmoqda, deb yozadi Bloomberg. Reuters'da ta'kidlanişiça, Careem'ni xarid qiliş Amerika kompaniyasiga mintaqada yetakçilikni qölga olişda yordam beradi. Amerika kompaniyasi 2013 yildan boşlab Yaqin Şarqda faoliyat yurita boşladi. Careem esa bir yil ilgari Dubayda iş boşlagan va CNN'da yozilişiça, raqibidan öziş uçun mahalliy spetsifikaga oid bilimlaridan foydalangan. Bugunga kelib Careem Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika, Pokiston va Turkiyaning 98 şahrida iş olib boradi. 

Bitim, şuningdek, Uber uçun ham muhim ahamiyatga ega, zero kompaniyaning qator mamlakatlardan ketişi uning xalqaro bozorlarda raqobatbardoş öyinçi bölişga doir xususiyatiga şubha tuğdirayotgan edi. Uber 2016 yildan boşlab öz operatsion biznesini Janubi-Şarqiy Osiyoda - mahalliy raqibi Grab'ga, Xitoyda - Didi Chuxing kompaniyasiga, Rossiyada esa «Yandeks.Taksi»ga sotdi. 

Şartnoma 2020 yilning birinçi çoragidan erta bölmagan muddatda yopiladi, deyiladi Uber'da: uni 15 mamlakatdagi regulyatorlar bilan muvofiqlaştiriş kerak. Bu bitimning Uber'ning ommaviy kompaniya sifatidagi ilk hisobotlarida aks etişini anglatadi, u  IPÖga arizaga kiritilişi mumkin, deyiladi Reuters'da. Uber'ning Nyu-York fond birjasiga joylaştirilişi barça davrlarning eng yirik IPÖlar beşligiga kirişi mumkin. Bloomberg agentligiga köra, kompaniya bahosi 120 mlrd dollarga yetişi mumkin.