Jahon | 15:44 / 26.03.2019
10715
2 daqiqa o‘qiladi

Washington Post Tramp Netanyaxu bilan til biriktirgani haqida ma'lum qildi

Foto: J. Scott Applewhite/AP

Isroilning Golan tepaliklari suverenitetini tan olgan AQSh prezidenti Donald Tramp, 9 aprel kungi parlament saylovlarida qattiq kurash olib boradigan mamlakat bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga «siyosiy sovg‘a» taqdim etdi, deya yozadi The Washington Post.

Har ikki yetakchi «til biriktirishda davom etmoqda», deyiladi gazeta sarlavhasida. Trampni tanqid qiluvchilar Isroilning Golan tepaliklari bo‘yicha suverenitetini tan olish o‘ziga tegishli bo‘lmagan hududlarni egallab oluvchi boshqa davlatlarni oqlashi mumkinligidan xavotirda. Ekspertlar fikricha, Netanyaxuning Tramp bilan yaqin va do‘stona munosabatlari uning saylovoldi ambitsiyalari foydasiga ishlamoqda. Hozirgi vaqtda Isroil bosh vaziri jiddiy ichki muammolarga duch kelgan - bosh prokuror Netanyaxuga qarshi korrupsiya bo‘yicha uchta ishda ayblov xulosasiga erishmoqchi, deya eslatadi WP.

Xalqaro hamjamiyat Golan tepaliklarini bosib olingan hudud deb hisoblayotgan bo‘lsa-da, Trampning qarori, Isroilga bog‘liq bo‘lgan boshqa harakatlar kabi, Amerika an'anaviy tashqi siyosatini o‘zgartiradi, deya qo‘shimcha qilgan Washington Post.

Bundan oldin, Eron Trampning so‘zlari to‘qnashuvlar keltirib chiqarishi mumkinligidan tashvishlanayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid