Hindistonning turli ştatlaridan bölgan imom va islom ulamolari guruhi qator turoperatorlar bilan birga Özbekistonning ziyorat turizmiga oid salohiyati bilan tanişiş maqsadida Özbekistonga taşrif buyurdi. Kun.uz muxbiri Hindistondagi Özbekiston elçixonasi vakillaridan olingan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Hindiston delegatsiyasi 23 martdan 28 martga qadar Toşkent, Samarqand va Buxoro şaharlarida bölib, hindistonlik salohiyatli ziyoratçilar uçun maxsus dasturlarni işlab çiqişmoqda. Safardan qaytgaç, guruh a'zolari Hindistonda Özbekistonning ziyorat turizmiga doir salohiyatini tarğib qiliş böyiça keng axborot işini olib borişni rejalaştirgan.

Delegatsiyaning Özbekistonga taşrifi Hindistondagi Özbekiston elçixonasi hamda hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan taşkil etilgan.

Holiday Merçans kompaniyasi direktori Vikas Xanduri Özbekiston haqida şunday deydi:

“Ulkan turistik salohiyat va boy tarixiy-madaniy merosga ega Özbekiston jahon sayyohlik bozorida yetakçi örinni egallaş uçun barça imkoniyatlarga ega. 21-23 fevral kuni Buxoroda bölib ötgan Birinçi xalqaro ziyorat turizmi forumida Özbekiston ziyorat turizmi markazlaridan biriga aylanişi mumkinligiga işonç hosil qildim. Şu bois Hindistonning turli ştatlari uçun Özbekistonga ziyorat turlarni amalga oşirişga doir turistik dasturlarni öz içiga olgan yangi paketlarni işlab çiqişga qaror qildik”, - deydi u.

Vikas Xandurining ta'kidlaşiça, Hindistonda Özbekistonning muqaddas obidalarini ziyorat qilişni istovçilar köp, xususan, Imom Al-Buxoriy, Bahouddin Naqşbandiy, Imom At-Termiziy kabi memorial komplekslari hindistonliklarda katta qiziqiş uyğotmoqda.