Bugun, 27 mart kuni Milliy matbuot markazida «Geodeziya va kartografiya sohasiga innovatsion texnologiyalarni yanada keng jalb qiliş borasida belgilangan ustuvor vazifalar» mavzuida matbuot anjumani bölib ötdi.

Matbuot anjumanida geodeziya va kartografiya sohasiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qiliş, milliy geografik axborot tizimini yaratiş va uning qulayliklari, «Kartografiya» davlat ilmiy işlab çiqariş korxonasining faoliyati böyiça ma'lumotlar berildi. Şuningdek 400dan ortiq kartalarni jamlovçi milliy atlas yaratilyotgani haqida ham bildirildi.

Şuningdek, kun tartibiga muvofiq «Köçmas mulkni röyxatdan ötkaziş va kadastr tizimini modernizatsiyalaş» loyihasi doirasida e'lon qilingan jurnalistlar örtasidagi tanlovning ğoliblarini esdalik sovğalar bilan taqdirlaş marosimi ötkazildi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Davergeodezkadastr qömitasi bölim boşliği Ixtiyor Ergaşev 1997 yilda qabul qilingan «Geodeziya va kartografiya töğrisida»gi qonun örniga yangi qonun loyihasini işlab çiqilgani, 2019 yilning birinçi yarmida bu qonun loyihasi körib çiqiladi va qabul qilinişi haqida ma'lumot bergan.