Özbekiston Respublikasining «Turizm töğrisida»gi qonunining 13-moddasiga hamda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 26 mart kuni röyxatga olingan Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining qaroriga muvofiq vauçerning namunaviy şakli va uni töldiriş tartibini belgilandi.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, turistik yöllanma (vauçer) turistning (turistlar guruhi) sayohat tarkibiga kiritilgan va tadbirkorlik sub'yekti tomonidan körsatiladigan xizmatlarni (joylaştiriş, ovqatlaniş, ekskursiya, transport xizmatlari va boşqalar) tölanganligini va turist (turistlar guruhi)ning uşbu xizmatlardan foydalaniş huquqini tasdiqlovçi hujjat hisoblanadi.

Endilikda, turizm faoliyati sub'yektlari tomonidan turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlarni körsatuvçi sub'yektlarga tasdiqlangan namunaviy şakl böyiça vauçer berilişi mumkin.

Qöşimça ma'lumot:

1.  Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasi 15-bandiga muvofiq turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar körsatiş uçun yöllanmaning (vauçerning) qiymatiga kiritilgan barça turistik-ekskursiya xizmatlarini realizatsiya qiliş oborotlari qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinadi.

2.  Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «Içki turizmni jadal rivojlantirişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3514-son qarori 8-bandiga muvofiq, jismoniy şaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari Özbekiston Respublikasi böylab turistik yöllanmalar (vauçer)ni turizm sohasida faoliyat körsatiş böyiça litsenziyaga ega bölgan sub'yektlardan sotib olişga yönaltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.