USENET 2019 oltinçi xalqaro digital-konferensiyasi 16 may kuni poytaxtning International Hotel Tashkent mehmonxonasida bölib ötadi. Şakllangan an'anaga köra, bu yil ham konferensiyada Özbekistondan, şuningdek, yaqin qöşni mamlakatlar – Qozoğiston va Rossiyadan taşrif buyurgan ma'ruzaçilar iştirok etadi. Ötgan yili uşbu anjumanning töliq bir kunida 1200 dan ziyod tinglovçilar iştirok etgan edi.
Headliner çiqişlar an'anasiga köra yaqin xorijiy davlatlardan ekspertlar ham iştirok etadi. Ma'ruzaçilarning ism-şarifi va ma'ruzalarning aniq mavzulari keyinçalik konferensiyaning rasmiy sayti – USENET.UZ da e'lon qilinadi.
Konferensiya Özbekistonning yetakçi media-agentligi – Ledokol Group kompaniyasi tomonidan taşkil etilmoqda. USENET 2019 konferensiyasining Boş homiysi – Beeline Uzbekistan kompaniyasi. Mazkur tadbir Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining kömagida ötkaziladi.
USENET – Özbekistonda har yili ötkaziladigan yagona internet-konferensiya bölib, tadbir sahnasi 20 dan ziyod mahalliy va xalqaro ekspertlarni özida jamlaydi. Konferensiya 2011 yildan buyon ötkazib kelinmoqda.
Tinglovçi sifatida röyxatdan ötiş imkoni yaqin bir neça hafta davomida USENET.UZ konferensiyaning rasmiy saytida hamda rasmiy Telegram kanali - @usenet2019 da mavjud böladi.
USENET 2019 yangiliklari bilan quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook: https://www.facebook.com/usenetuz/
Telegram: https://t.me/usenet2019
Agarda siz konferensiyada ma'ruzaçi sifatida iştirok etişni istasangiz, taşkilot nomi/ma'ruzaçining ismi, şuningdek, ma'ruza mavzusi qayd etilgan arizani quyidagi raqamga yuboring: +99890 315-00-03 (Telegram).











