USENET 2018 xalqaro Digital anjumanida ilk marta Özbekiston, Rossiya, Qozoğistonning 30dan ortiq kompaniyalarining vakillari iştirok etişadi. Bundan taşqari, joriy yilda spikerlarning çiqişlari bir vaqtning özida 3 ta seksiyada olib boriladi. Bu esa har bir tinglovçiga kun davomida özi uçun qiziqarliroq bölgan dasturni tanlab olişga imkon beradi. Sönggi vaqtlarda eng köp muhokama qilingan blokçeyn va kontent kabi mavzular anjuman diqqat markazida böladi.
Xalqaro ekspertlar safida Samsung, “Yandeks”, “Odnoklassniki”, Google, Mail.ru, Select Communication Group vakillarining çiqişlarini alohida ta'kidlab ötiş mumkin. Beeline Uzbekistan, Click, Webnow, LeBazar, LeadREX kabi köplab kompaniyalarning vakillari esa mahalliy spikerlar jamoasini taşkil qilişlari kutilmoqda. USENET ta'sis etilganidan boşlab ötgan vaqt davomida ilk marta Kun, Daryo, UZ24, UFF, Repost kabi Özbekistonning yetakçi OAV va boşqa media loyihalarining asosçilari hamda muharrirlari bir sahnada çiqiş qilişadi.
Hozirdan aytiş mumkinki, USENET 2018 doirasida blokçeyn va OAV faoliyatiga bağişlangan 2 ta mavzudagi yalpi muhokamalar olib borilişi belgilangan. Kontent böyiça yalpi muhokamalarda Özbekistonning yetakçi Telegram-kanallarining asosçilari iştirok etişi kutilmoqda. Şuningdek, “Potrebitel.uz” hamjamiyati rahbari xam alohida ma'ruza bilan qatnaşadi.
Ledokol Group media-agentligi tadbir taşkilotçilari sanaladi. Konferentsiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi kömagida taşkil etilmoqda.
Beeline Uzbekistan – konferensiyaning boş hamkori hisoblanadi.
Samsung, Click, «Odnoklassniki» anjumanning homiylaridir.
Boş axborot hamkori - Repost.uz. Anjumanning SMM-hamkori Africa agentligi.
Yoqimli an'anaga köra, anjuman International Hotel Tashkent anjumanlar-zalining ikkita qavatida 27 aprelgaça ötkaziladi. Konferentsiyaga taklifnoma bilan kiriş mutlaqo bepul. Buning uçun konferensiya rasmiy saytida ariza qoldirsangiz bas (http://usenet.uz).











