Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Figu «Barselona»ni «Real»ga almashtirishi sababini tushuntirdi
Foto: Getty Images
Portugaliyalik sobiq yarimhimoyachi Luish Figudan 2000 yilda ko‘proq pul va sovrinlarni ko‘zlab, «Barselona»dan «Real»ga o‘tganini aytdi.
«Biror o‘zgarishga qo‘l urar ekansan, doimo bu yaxshilik olib kelishini kutasan. Hayotimda qo‘l urgan ilk jiddiy o‘zgarish bu boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tish bo‘lgandi. Men ancha yosh edim va buni yangi tajribalar hamda ko‘proq obro‘-e'tibor qozonish uchun shunday qilgandim.
Ikkinchi o‘zgarishga [«Barselona»dan «Real»ga o‘tish] sabab shuki, men futbol dunyosida tan olinishni, har tomonlama – ham moliyaviy, ham sovrinlar miqdori bo‘yicha – o‘sishga erishishni istaganman.
Keyingi o‘zgarish – «Inter»ga o‘tishim futbol bilan birga baxtni izlash yo‘lidagi qadam edi», – dedi Figu Marca nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, Figu 1995-2000 yillarda «Barselona», 2000-2005 yillarda «Real» va 2005-2009 yillarda «Inter» sharafini himoya qilgan. U uchala klubida ham jami 7tadan jamoaviy sovrinni qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026