«Jomboy tumani hududida olis ötmiş yodgorliklari bölgan tepaliklar köp. Ana şundaylaridan biri — «Nogahon» mahallasidagi Yakonşayx qabristoni yonidagi tepalikni qaziş çoğida qadimiy tangalar topilibdi», deb yozadi «Jomboy tongi» gazetasi.
Mahalliy aholining aytişiça, Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui qurilişi uçun bu yerdan tuproq olib ketilgan. Oradan köp ötmay, qazişma joyidan qadimiy sopol parçalari, mis tangalar topib olingan.
Naşr jurnalisti Orifjon Odilovning yozişiça, tangalar şaklan bir xil emas. Qirrasi aniq tartibga solinmagan. Sirtidagi matnlarga qaraganda, bir neça turkumga mansub.

Taxmin qilinişiça, tangalar temuriylar davriga oid. Çunki, ularning birida sezilar-sezilmas 896 sanasi qayd etilgan. Katta ehtimol bilan hijriy-qamariy yil böyiça zarb etilgan vaqtga işora qilsa kerak. Milodiy hisobda bu 1491 yilga töğri keladi. Bu davrda Movarounnahrda temuriylar hukmronlik qilardi.
Boşqa tangalarda raqamlar uçramaydi. Naqşinkor arabeska uslubidagi matnlarda «fils» va «Alloh» sözlari ajralib turibdi.

Markaziy Osiyo numizmatikasini mufassal örgangan olim Irpan Tuxtiyev «Temur va temuriylar sulolasining tangalari» risolasida «Amir Temur tangalarida biz arabça, forsça, turkça va möğulça sözlarni öqiymiz», deb yozadi. Fikrini davom ettirib, temuriylar tangasida forsça «zarb» sözi köp qöllanganini ta'kidlaydi. E'tiborlisi, tumandan topilgan tangalarda ham şunga öxşaş matn uçraydi.
«Bular, albatta, taxminiy fikrlar. Asosiysi, Jomboy tumanida olti-yetti asr avval ham ijtimoiy-madaniy hayot kurtaklari bölgan. Savdo-sotiq, pul muomalasi rivojlangan. Uşbu topilma yana bir narsani anglatadi: tepaliklar haqiqatan ham muhim tarixiy ahamiyatga ega. Ularni tartibsiz tasarruf etiş yaramaydi», deb öz fikrini yakunlagan jurnalist.







