«Çelsi»ning argentinalik hujumçisi Gonsalo Iguain xalqaro faoliyatiga yakun yasaganini e'lon qildi. 31 yoşli hujumçi öz şaxsiga nisbatan bölgan tanqidlardan uning oilasi aziyat çekkanini aytgan.
«Men boş murabbiyga milliy jamoadagi kareram tugaganini aytdim. Ketişga qaror qildim, bu – eng töğri tanlov edi. Öz vaqtimni köproq oilam bilan ötkazişni xohlayapman.
Ketişim köpçilikni xursand qiladi. Odamlar faqat xatolarnigina eslab qolişadi. Lekin futbol şunaqa. Fanatlarning men haqimdagi gap-sözlaridan oilam jabr körayotgandi. Futbolçilar ham ulardek odam ekanini unutib qöyişadi. Futbolçini futbol nuqtayi nazaridan tanqid qilişsa, bu normal. Lekin boşqa sabablar bilan oyoqosti qilişsa, bu juda yomon», – degan hujumçining sözlarini keltirmoqda Fox Spors.
31 yoşli Iguain Argentina milliy jamoasida 2009 yili debyut qilgan; jami 71ta öyinda qatnaşib, 31ta gol urgan. U hamyurtlari bilan 2014 yilda Jahon çempionati, 2015 va 2016 yillarda Kopa Amerika finaligaça yetib borib, uçalasida ham mağlubiyatga uçragandi.
Gonsalo JÇ-2018 saralaşidagi muvaffaqiyatsiz öyinlari, xususan 9ta uçraşuvda faqat bitta gol urgani uçun tanqid ostida qoldi va asosiy tarkibdagi örnini boy berdi. Şunday bölsa-da, ötgan yilgi mundialning guruh bosqiçidagi uçala öyinda ham maydonga tuşdi, ammo gol uriş unga nasib etgani yöq. 3-turdagi Nigeriyaga qarşi bahs (2:1) uning Argentina milliy jamoasi libosidagi sönggi öyini bölib qoldi.











