Bugun Yevropada uç nafar forvard yangi klublarida tibbiy körikdan ötişi kutilmoqda.

Argentinalik forvard Gonsalo Iguain ayni vaqtda Milandan Londonga yöl olgan, u «Çelsi» safida tibbiy körikdan ötadi va yangi klubi bilan şartnoma tuzadi. Transfer huquqi «Yuventusa»ga tegişli bölgan argentinalik hujumçi mavsumning birinçi qismini ijara asosida «Milan»da ötkazdi. Endilikda londonliklar uni «Yuve»dan mavsum oxirigaça 9 million yevroga ijara olmoqda, kelişuvga köra, 6 oydan keyin uni 36 million yevro evaziga töliq xarid qilişlari mumkin.

Öz navbatida ispaniyalik hujumçi Alvaro Morata «Çelsi»ni tark etadi va özining yoşlikdagi jamoasi «Atletiko»ga qaytadi. Madridliklar uni keyinçalik 55 million yevroga sotib oliş huquqi bilan ijaraga olişmoqda.

Va nihoyat «Milan» Iguain örnini «Jyenoa»ning polşalik töpurari Kşiştof Pentek bilan töldirmoqda. Uning transferi «rossoneri» uçun 35 million yevroga tuşadi.