Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan faollar yiğilişi boşlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Davlat rahbari mamlakatimiz içki va taşqi siyosatida ulkan islohotlar amalga oşirilayotgani, uning natijalari har bir sohada sezilib, odamlar ertangi kunga umid bilan qarayotganini ta'kidladi.
- Hamma işlarimiz, rejalarimiz Özbekiston xalqining manfaati uçun. Bu hududlarda, har bir köçada, odamlar hayotida namoyon bölişi uçun quyi darajada sifat, bilim, fidoyilik yuqori bölişi kerak. Qarsaklar, balandparvoz gaplarga çek qöyib, har bir xonadon, şaxs bilan manzilli, alohida-alohida işlaş zarur, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Mamlakatning barça hududlari singari Buxoro viloyatini ham jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi daromadlarini oşiriş va hayotini yaxşilaş işlariga ustuvor e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.
– Moddiy kömak, tizim bölmasa, natija bölmaydi. Şuning uçun har bir qarorni moddiy manbalari bilan qabul qilyapmiz. Buxoroga ham katta tayyorgarlik bilan keldik, – dedi prezident.

2019-2020 yillarda viloyatda sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligi sohalarida umumiy qiymati qariyb 25 trillion 353 milliard söm bölgan 625 ta yirik va örta investitsiya loyihalari dasturi işlab çiqilgani ta'kidlandi. Bu salkam 30 ming doimiy iş örni yaratişni ta'minlaydi.
Yiğilişda viloyat iqtisodiyotini rivojlantiriş, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, iş örinlarini köpaytiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.
Uni videoselektor orqali şahar va tumanlar aholisi kuzatib bormoqda, deyiladi xabarda.











