Mamlakatga Turkiyaning Soğliq bilimlari universiteti rektori, professor Jyevdet Erdol boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi. 1903 yilda taşkil etilgan mazkur universitet Turkiyadagi yagona ixtisoslaşgan tibbiyot universiteti, şuningdek, Yevropaning yetakçi ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Delegatsiyaning Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov bilan uçraşuvi bölib ötdi. Mamlakatning tibbiyot oliy öquv yurtlari rektorlari iştirok etgan muloqotda tibbiy ta'lim sohasida aloqalarni yanada kengaytiriş va rivojlantiriş, hamkorlikda ilmiy-ma'rifiy tadbirlarni ötkaziş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston tibbiyot oliy öquv yurtlari hamda Turkiya Soğliq bilimlari universiteti örtasida özaro anglaşuv memorandumlari imzolandi. Jumladan, tomonlar bakalavr va magistrantlarning akademik almaşinuvini taşkil etiş, professor-öqituvçilar va doktorantlar uçun malaka oşiriş, turk universitetining filiali bazasidagi şifoxonalarda yozgi amaliyot ötaş va qöşma tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş borasida qator kelişuvlarga erişdi.

Bundan taşqari, 2019/2020 öquv yilida Buxoro davlat tibbiyot instituti bazasida Turkiya Soğliq bilimlari universiteti qoşidagi Oliy tibbiyot maktabining filialini taşkil etiş töğrisida kelişuvga erişildi. Buxoro davlat tibbiyot instituti hududida mazkur tibbiyot universitetining klinikasi ham oçiladi. 

Ta'kidlaş joizki, ikki tibbiyot oliy öquv yurtlari örtasidagi hamkorlik ötgan yildan buyon izçil rivojlanmoqda. Talabalar va öqituvçilarning ilmiy almaşinuvi borasida faol iş olib borilayotir. Hozirga kelib, ana şu hamkorlik samarasi ölaroq Buxoro davlat tibbiyot institutining 40 nafardan ziyod professor-öqituvçi va talabalari Turkiyada ta'lim oldi.