12:14 / 01.04.2019
36728

O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi 

Foto: Yegor Aleyev/TASS

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2 apreldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 29,65 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8419,62 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 47,28 so‘mga arzonlashib, 9444,29 so‘mga teng bo‘ldi.

1 rubl 1,58 so‘mga pasayib, 128,14 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top