Keça Madridning «Real» klubi öz maydonida turnir jadvalida sönggi poğonada borayotgan «Ueska»ni qabul qildi va faqat sönggi daqiqalardagi gol evaziga qiyin ğalabaga erişdi. Tabiiy ravişda, öyindan söng yana tanqidiy fikrlar, jamoa Zidan kelgaç ham özgarmayotgani, balki Solarini olib qoliş kerak bölgani haqida fikrlar ham paydo böldi. Umuman «Real»ning öyini, natijalari, garçi turnirga heç qanday ta'siri bölmasa ham butun futbol jamoatçiligining köz öngida bölişi tabiiy.
E'tiboringizga rossiyalik maşhur şarhlovçi Stanislav Mininning bu boradagi fikrlarini havola etamiz.
«Ueska» – yomon jamoa emas. Umuman, La Ligada bu mavsumda yomon jamoaning özi yöq. Fransisko – yaxşi murabbiy, buni u «Almeriya»ni boşqarganda ham isbotlagandi. Uni aslida yozda, Rubi iste'foga çiqqanida taklif qiliş kerak edi. «Ueska»da hozir motivatsiya eng yuqori darajada. Jamoa hali taqdirga tan bergani yöq. («Ueska» 17-örindan 7 oçko kam jamğargan holda, sönggi örinda bormoqda).
«Real»da esa, aksinça, turnir nuqtai nazaridan heç qanday motivatsiya yöq. «Real» uçinçi örindan pastga tuşib ketmaydi, Çempionlar Ligasidan bitta örin ham naqd. Hatto Ispaniya superkubogining yangi formatiga ham tuşadi – aytişlariça, u yerda endi 4 jamoa qatnaşadi: Qirollik kubogi finalçilaridan taşqari, «Atletiko» va «Real» sovrindorlar sifatida bölişadi.
«Real» top-klublar içida, hozirdan keyingi mavsum tayyorgarligini boşlaşi mumkin bölgan yagona jamoadir. Zidanning 11 tur qolganda, madridliklar barça turnirlardan umid uzgan paytda tayinlanişining asl sababi ham şu. Peresning balki bu mavsumdagi eng töğri qarorlaridan biri ham şu – Zidanni aynan şu paytda qaytariş böldi.
Ba'zilar Solarining yil oxirigaça işlaşga qöyib beriş kerak edi, aytişmoqda. Nega? Undan omad ketib bölgandi, baribir may oyida iste'foga ketardi. Çempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan söng, u xuddi ikki oyoği bilan ham oqsoqlanayotgan ördakka öxşab qolgandi. Töğri, u Vinisiusga va Regilonga imkoniyat berdi, ammo uç nafar juda kuçli futbolçini zaxiraga ötkazib qöygandi. Bu futbolçilar ketiş haqida öylay boşlaşdi. Jamoadagi muhitni özgartirmay turib, bu futbolçilarning niyati qançalik jiddiy, ular «Real»ga kerakmi yoki yöqmi, yordam bera oladilarmi yoki yöqmi, buni bilib bölmasdi. Solari murabbiy ekan, bu savollarga javob ham bölmasdi.
Yeçim oddiy edi. Yana 11 tur depressiya, norozilik va qatorasiga uç marta Çempionlar Ligasini yutgan jamoaning töliq tugatilişi yoki bugundan tartib va xotirjamlik bilan yangi jamoani qurişni boşlaş. Peres ikkinçi variantni tanladi. Bu vazifa uçun esa, Zidan mukammal variant edi.












