Angliya Premer-ligasining 32-turiga kelib, tört oy içida ilk marta jadvaldagi yuqori uçlik tarkibi özgardi. Keça «Arsenal» öz maydonida «Nyukasl»ni mağlub etib, «Tottenhem» örniga uçinçi poğonaga kötarildi.

«Töpçilar» «Emireyts Stedium»dagi bahsning har ikki bölimida bittadan töp kiritib, öz darvozalari daxlsizligini saqlab qolişdi. Birinçi bölim örtalarida Aaron Remsi darvozaning uzoq burçagini aniq nişonga olgan bölsa, 83-daqiqada Per-Emerik Obameyangning boşi bilan uzatib bergan töpini Aleksandr Lyakazett bir zarba bilan darvozabonning ustidan oşirib, yakuniy hisobni örnatdi – 2:0.

Uşbu natijadan söng «Arsenal», yuqorida ta'kidlanganidek, bir kun oldin «Liverpul»ga yutqazgan «Tottenhem»ni quvib ötib, 3-öringa çiqib oldi. Rafael Benites jamoasi esa bir poğona pastlab, 13-öringa joylaşdi.

Angliya çempionati, 32-tur
Arsenal – Nyukasl 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 30 Remzi, 2:0 – 83 Lyakazett.
Arsenal – Leno, Mustafi, Papastatopulos, Monreal, Meytlend-Naylz, Remzi (El-Nenni, 67), Genduzi, Kolaşinats, Ozil (Mxitaryan, 84), Ivobi (Obameyang, 61), Lyakazett.
Nyukasl – Dubravka, Yyedlin, Lejyen, Lassels, Dammett, Ritçi (Kenedi, 75), Peres (Muto, 77), Xeyden (Ki Son Yen, 67), Diame, Almiron, Rondon.
Ogohlantirişlar: Monreal (59), Kolaşinats (71).

33-tur
2 aprel (seşanba)
23:45. Vulverhempton – Mançester Yunayted
23:45. Uotford – Fulhem

3 aprel (çorşanba)
23:45. Mançester Siti – Kardiff