Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qumqo‘rg‘on tuman hokimining raddiyasi asoslimi?
Joriy yilning 25 mart kuni Kun.uz internet nashrida «Surxondaryocha tomosha». Tuman hokimi o‘zini portalga yozgan deputatdan qutuldi, u qonunlardan bexabarmi?» sarlavhali tanqidiy material e'lon qilingan edi.
Maqolada 1-Janubiy Surxon saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman kengashi deputati Shoberdi Suyunovning Qumqo‘rg‘on tuman hokimi Normo‘min Choriyevning tashabbusi bilan deputatlikdan chaqirib olinishi haqida so‘z yuritiladi.
Tahririyatga Qumqo‘rg‘on tuman hokimi N.Choriyevning mazkur maqola yuzasidan tegishli munosabati bildirilgan va raddiya berish talab etilgan xati kelib tushdi.
Xatda keltirilgan vajlar qonun normalari bilan asoslantirilmaganligi sababli, har tomonlama xolislikni ta'minlash maqsadida 1-Janubiy Surxon saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman kengashi deputat Sh.Suyunovning deputatlikdan chaqirib olinishini rasmiylashtirish qay darajada qonuniy bo‘lgani haqida xulosa berilishida amaliy yordam so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Markaziy saylov komissiyasi va «Adolat» sotsial demokratik partiyasi Markaziy kengashiga murojaat yuborildi.
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi tomonidan berilgan raddiya yuqorida qayd etilgan tashkilotlar tomonidan beriladigan rasmiy javob xatlarining mazmunidan kelib chiqib e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026