Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan 2 aprel sanasi autizm sindromi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda ommalaştiriş kuni sifatida belgilangan. 2008 yildan beri bu kunda autizmning erta taşxislanişi, autist bolalarning davolanişiga yordam körsatiş, jamiyatni mazkur sindrom haqida boxabar qiliş masalalariga e'tibor qaratiladi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, ayni kunda dunyoda 10 milliondan ziyod bolaga autizm taşxisi qöyilgan. Har yili bu körsatkiç 11 foizga ortib bormoqda. Ya'ni ötgan asrning 90-yillarida har 5000 nafar boladan bittasiga autizm taşxisi qöyilgan bölsa, hozirda bu körsatkiç har 50 bolaga töğri kelmoqda.
Mazkur masalada Özbekiston ham istisno emas. Respublika bolalarni ijtimoiylaştiriş markazi taqdim etgan ma'lumotga köra, Özbekistonda ham 200dan ziyod autizm taşxisi qöyilgan bolalar röyxatga olingan. Lekin hali reabilitatsiyaga jalb qilinmagan, e'tibordan çetda qolayotgan bolalar ham ançaginani taşkil etadi.
Autizm sindromi taşxisi bolalarning davolanişi va ta'lim olişi uçun yetarliça infratuzilmaning mavjud emasligi ularga öz vaqtida yordam körsatilişi, jamiyat hayotiga jalb qilinişida qiyinçilik tuğdirmoqda. Ota-onalar bilan suhbat çoğida ular bir qator muammolarni sanab ötişdi.
«Respublika bolalarni ijtimoiy moslaştiriş markazida autizmni davolaş böyiça yetarli şart-şaroit mavjud. Logoped, ruhşunos, massajist xizmatlari yölga qöyilgan. Lekin markazning qamrov salohiyati talab darajasiga qaraganda past. Hamma bolalarni qamrab oliş imkoni bölmayapti. Navbat katta. Autizm esa doimiy şuğullanişni talab etadi», deydi markaz ruhşunosi Farhod Artikbayev.
Nilufar Tojiboyeva jamoat joylarida kişilarnining noörin munosabati haqida aytib ötdi. «Jamiyatda autizm sindromi, bunday bolalarning öziga xosligi haqida yetarliça tasavvur mavjud emas. "Farzandlarimizga boşqaça köz bilan qaraşadi... Bu esa bolaning ruhiyatiga salbiy ta'sir körsatadi. Aholining bu sindrom haqidagi xabardorligi oşirib borilsa, yaxşi bölardi", deydi u.
Autist bolalarni boğça va maktabga beriş masalasi ham ança muammoli. «Oddiy boğçaga farzandimni olişmadi. Hozir ixtisoslaşgan boğçaga qatnayapti. Lekin u yerdagi muhit bolaga salbiy ta'sir körsatişi, regress jarayoniga sabab bölişi mumkinligini mutaxassislar aytişyapti. Farzandim inklyuziv ta'limga ehtiyoj sezadi. Lekin ta'limning bu usuli hali ommalaştirilmagan», deydi Dilafröz Ibrohimova.
Öz farzandining kelajagini yölga qöyiş maqsadida ota-onalar autist bolalar manfaatini himoya qiluvçi nodavlat-notijorat taşkilot tuziş taşabbusi bilan çiqişmoqda. Taşkilotçilardan biri Ikrom Hojiyev markaz qamrovining çeklanganligi, xususiy sektor xizmatlarining ança qimmatligi tufayli davolaniş sust keçayotganligi, şu bois ota-onalar barça xizmatlarni bir joyda jamlovçi markaz tuziş istagida ekanligini ta'kidlaydi. «Farzandlarimizning ta'limga, kasb-hunarga jalb qilinişi masalasi e'tibordan çetda qolmoqda», deydi u.












