Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) AQŞ prezidenti Donald Trampning homiladorlik davrida ayollarning paratsetamol iste’mol qilişi, şuningdek, bolalarni emlaş autizmni qözğatişi mumkinligi haqidagi sözlarini rad etdi. Bu haqda Reuters yozdi.
Xususan, JSST vakili Toriq Yaşareviç homiladorlik paytida paratsetamol iste’mol qiliş va autizm örtasidagi boğliqlik haqidagi dalillar ziddiyatli bölib qolayotganini va hayotni saqlab qoluvçi vaksinalarning qiymati şubha ostiga olinmasligi kerakligini aytdi.
«Dalillar bir-biriga zid bölib qolmoqda», dedi JSST vakili Jyenevada bölib ötgan matbuot brifingida homiladorlik paytida paratsetamol iste’mol qiliş va autizm örtasida qanday boğliqlik bölişi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan.
Uning sözlariga köra, vaksinalar autizmni keltirib çiqarmaydi.
«Vaksinalar, yuqorida aytganimdek, qançadan-qança insonlarning hayotini saqlab qoladi. Şuning uçun bu fan tomonidan isbotlangan va bu narsalarni şubha ostiga qöymaslik kerak», deb qöşimça qildi u.
2025 yil aprel oyida AQŞ soğliqni saqlaş vaziri kenja Robert Kennedi sentabrgaça autizm sababini aniqlaşini aytdi.
22 sentabr kuni mamlakat prezidenti Donald Tramp uşbu tadqiqot natijalarini e’lon qildi: uning ta’kidlaşiça, homilador ayollar paratsetamol qabul qilişi mumkin emas, çunki bu bolada autizmga olib kelişi mumkin. Kennedi, öz navbatida, autizm bilan oğrigan odamlarning ahvolini kalsiy folinat yordamida yaxşilaş mumkinligini ta’kidladi.












