Florida Today naşrining xabar berişiça, Oasis of the Seas deb ataluvçi kruiz layneriga Bagam orollarida ta'mirlaş vaqtida şikast yetdi. Uzunligi 360 metrni taşkil qiluvçi haşamatli kema ustiga kran tuşib ketgan. Ayni vaqtda ziyon qiymati kemasozlik va suğurta kompaniyalari tomonidan baholanmoqda.   

Royal Caribbean kompaniyasi kema aprel oxirigaça ta'mirlaşda qolişini tasdiqlagan. Oasis of the Seas qurilgan vaqtda eng katta layner hisoblangan. Uning bortiga 7 ming kişi siğa olgan. Kemaning ölçamlarini Oasis turidagi yangi kema Harmony of the Seas’gina ortda qoldiradi. Uning uzunligi 362 metrni taşkil qiladi.