Joriy yilning 5-10 aprel kunlari o‘tkaziladigan «Xalqaro baxshichilik san'ati» festivaliga tayyorgarlik doirasida Termiz xalqaro aeroporti, vokzalida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borildi.
Xususan, shahardagi aeroportning qabul qilish qobiliyatini yanada oshirish, mahalliy va xalqaro reyslar yo‘lovchilariga yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tubdan yaxshilash maqsadida yangi yo‘lovchi terminalini qurish, mavjud perronni kengaytirish, aeroport hududi va atrofini obodonlashtirish ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook’dagi sahifasida Termiz aeroporti, vokzali hamda arxeologiya muzeyi tasvirlangan fotosuratlarni taqdim etdi.








