Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fermer va dehqon xo‘jaliklariga yangi majburiyat yuklandi
Foto: Flickr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602–I-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:
25-modda (Fermer xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati) quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:
“Fermer xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a'zoligi majburiydir”;
32-moddaning (Fermer xo‘jaligini tugatish asoslari) oltinchi xatboshisi “shuningdek O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a'zoligi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq tugatilishi munosabati bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 604–I-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:
22-modda (Dehqon xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati) quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:
“Dehqon xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a'zoligi majburiydir”;
25-modda (Dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash) quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirildi:
“Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urug‘lar, ko‘chatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning ko‘paytirilishi yuzasidan uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoring o‘tkazishga haqli”.
Mavzuga oid
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
19:12 / 05.04.2026
Ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlar jarimaga tortiladi
23:08 / 04.04.2026