Qirqqiz qal'asi – eramizning 9-10 asrlariga oid Surxondaryo viloyatidagi me'moriy yodgorlik bölib, Termiz tumanida vayrona holida saqlanib qolgan. Inşoot qanday maqsadda qurilganligi (qal'a, saroy, xonaqoh, karvonsaroy) haqida rasmiy dalil, ma'lumot yöq.
U dunyo tomonlariga moslab qat'iy mujassamotda, ya'ni Ğarb va Şarq burçaklarini aniq hisobga olib bunyod etilgan. Qal'a törtburçak tarhli (53,3x54,8 m), 1 qavatli, faqat yölaklar umumiy balandlikda 2 qavatli bölib, xom ğişt (30x30x5 — 5,5 sm)lardan qurilgan, toq va ravoqlarida şu ölçamdagi pişiq ğiştlar ham işlatilgan; qalin devor bilan öralgan (taşqi devor qalinligi 2—2,5 m).

Qal'aning barça xonalari va markazdagi sahn (11,5x11,5 m) özaro yölaklar bilan boğlangan; markaziy sahn hovli yoki gumbazli zal bölgan deb taxmin qilinadi. Ayvon va yölaklar binoni 4 qismga bölgan. Bular: 2ta bir xil tuzilgan (5 xona va 3 tomonidan öralgan yölak, eni 2,1 m) şimoliy-ğarbiy va şimoliy-şarqiy hamda 2ta janubiy-ğarbiy (2ta yölakça bilan boğlangan 5 ta xona) va janubiy-şarqiy (yölakça bilan boğlangan 2ta xona va 3 ustunli katta mehmonxona) qismlardir.

Yölaklar va xonalar devordagi tuynuklar orqali yoritilgan. Qirqqiz qal'asi yopmasida balxi hamda kesişgan gumbazsimon toqlar, boşqa turlardagi gumbazlar, toqlar va ravoqlar qöllanilgan.
Qoraqalpoq xalqining «Qirqqiz» dostonida bayon etilgan ma'lumotlarga köra, duşmanlar hujumini qaytara olgan qahramon qiz Guloyim va uning 40 dugonasi aynan şu yerda yaşagan. Mahalliy aholi qal'a mintaqadagi ilk qizlar akademiyasi vazifasini ötaganiga işonadi.

«Somoniylar hukmronligi zaiflaşgan, taxt uçun yangi kuraşlar boşlangan bir paytda Eski Termiz yaqinida qal'a qurdiriladi. Qal'a qizlar uçun xos akademiya, ilm-fan bilan şuğullaniş uçun yagona maktab sifatida ilk öquvçilarini qabul qilgan. Aytişlariça, akademiyaning birinçi tinglovçilari yurtning eng iqtidorli va oqila 40 nafar qizi bölgan. Şu tufayli, qal'a nomi aholi tomonidan Qirqqiz nomini oladi.










