Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq sözi” tomonidan keltirilgan.
Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.
Özbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Yer kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritildi:
36-modda (Yer uçastkalariga bölgan huquqlarning bekor qilinişi):
birinçi qismining 10, 11 va 12-bandlari quyidagi mazmundagi 10, 11, 12 va 13-bandlar bilan almaştirildi:
“10) qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun berilgan yer uçastkasidan bir yil mobaynida va qişloq xöjaligi sohasiga taalluqli bölmagan ehtiyojlar uçun berilgan yer uçastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;
11) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqini beruvçi order kimoşdi savdosi asosida sotib olinganidan keyin yer uçastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uçastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi garovda bölgan taqdirda esa — garov şartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida. Foydalanilmayotgan yer uçastkalari ularning avvalgi egalari tölagan qiymat uşbu egalarga kompensatsiya qilingan holda olib qöyiladi;
12) fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengaşlari rayosatining qaroriga muvofiq fermer yoki dehqon xöjaligining Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşiga a'zoligi tugatilganda;
13) yer uçastkasi uşbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib qöyilganda”;
törtinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“Yer uçastkasiga egalik qiliş huquqini yoki yer uçastkasidan doimiy yoxud vaqtinça foydalaniş huquqini uşbu modda birinçi qismining 1, 2, 3, 5–11-bandlarida körsatilgan hollarda tugatiş yerdan foydalaniş hamda uni muhofaza qiliş ustidan davlat nazoratini amalga oşiruvçi organlarning taqdimnomasiga köra, huquqlar tugatilişining asosli ekanligini tasdiqlovçi hujjatlar asosida tegişinça tumanlar, şaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oşiriladi. Yer uçastkasiga egalik qiliş huquqini yoki yer uçastkasidan doimiy yoxud vaqtinça foydalaniş huquqini uşbu modda birinçi qismining 12-bandida körsatilgan holda tugatiş tegişli tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşlarining taklifiga köra, huquqlar tugatilişining asosli ekanligini tasdiqlovçi hujjatlar asosida tumanlar hokimlarining qarorlari bilan amalga oşiriladi. Yuridik va jismoniy şaxslar yer uçastkalariga egalik qiliş huquqini, yer uçastkalaridan doimiy yoki vaqtinça foydalaniş huquqini tugatiş haqidagi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda körsatilgan mansabdor şaxslarning qarorlaridan norozi bölgan taqdirda, uşbu qarorlar ustidan sudga şikoyat qilişi mumkin”;













