10 yilgacha qamoq: Qirg‘izistonda qizlarni olib qochganlik uchun jazo yana bir bor kuchaytirildi
Qirg‘izistonda turmush qurish maqsadida qizlarni olib qochish uchun jazo yana bir bor kuchaytirildi. Endi qiz olib qochuvchilar 7 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishlari mumkin. Bu haqda “Jahon ayollar banki” nodavlat huquqni muhofaza qiluvchi tashkiloti rahbari Gulsan Abitovaga asoslanib “Interfaks” xabar tarqatdi.
Kelin o‘g‘irlaganlar nafaqat qamalishadi, balki 200 ming som (3 ming dollardan ortiqroq) jarimaga ham tortiladilar.
Gulsan Abitovaning fikricha, ko‘rilayotgan choralarga qaramay so‘nggi yillarda respublikadagi ahvol deyarli o‘zgarmagan. “Yosh qizlarni xotinlikka olish maqsadida ularning qarshiliklariga qaramay o‘g‘irlash hamon davom etmoqda. Hatto olib qochib ketilgan qizlarning o‘z joniga qasd qilish holatlari ham qayd etilgan" – degan u o‘z intervyusida.
Juda ko‘p hollarda qizlarning ota-onalari organlarga murojaat qilmaydilar va o‘zaro kelishuv bilan masala bosti-bosti qilinadi. Sudga sanoqli ishlargina yetib boradi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, har kuni Qirg‘izistonda 30 nafargacha voyaga yetmagan qizlar o‘g‘irlanadi va ularning o‘rtacha 6 nafari jinsiy zo‘ravonlikka uchraydi. Yiliga 10 mingdan ortiq bunday jinoiy harakat yuz berishi hisoblab chiqilgan. Bu davlatdagi har beshinchi nikoh ana shu an'anaga muvofiq tuziladi, qishloq joylarda bu ko‘rsatkich 60 foizgacha yetadi va qizlarning uchdan ikki qismi o‘z ixtiyoriga qarshi ravishda turmushga chiqadi.
So‘nggi marta bunday harakat uchun jazo choralari 2013 yilda kuchaytirilgandi. O‘shanda 5 yildan 10 yilgacha hukm qilish to‘g‘risida qonun qabul qilingan.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024