Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozorlar va supermarketlar oldidagi avtoturargohlarni bepul qilish taklif etilyapti
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida bozorlar va supermarketlar oldidagi avtoturargohlarni bepul qilib qo‘yish haqida petitsiya e'lon qilingan.
Qayd etilishicha, ko‘plab davlatlarda bozorlar va supermarketlar oldidagi avtoturargohlar bepul.
“Bizda esa deyarli barcha bozor va supermarketlar oldidagi avtoturargohlar pulli qilib qo‘yilgan. Ayrim joylarda ko‘p qavatli turar-joy binolari tagida ham pullik avtoturargohlar tashkil etilgan. Bunga misol, Navoiy shahar Markaziy dehqon bozori oldidagi ko‘p qavatli turar joy binosining tagida pulli avtoturargoh paydo bo‘lgan”, - deyiladi murojaatda.
Bildirilishicha, avtoturargohlar faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak.
“Taklifim respublikadagi barcha bozorlar va supermarketlar oldidagi avtoturargohlarni bepul qilib qo‘yish lozim”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Aniqlik kiritilishicha, bu xaridorlar tashrifi va savdolar hajmining oshishiga sabab bo‘ladi.
Bundan oldin, O‘zbekistonda sirtqi ta'lim bo‘yicha kontrakt summalarini kamaytirish taklif etilgandi.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025