Mamlakatda şoşilinç akuşerlik xizmatlari tizimi yaratilişi hisobiga onalar ölimi 1990 yilga nisbatan 55 foizga kamaydi. Bu haqida «Oila» markazi direktor örinbosari Dilbar Alimjonova BMT sessiyasida sözlagan nutqida ma'lumot berdi.

1-5 aprel kunlari AQŞning Nyu-York şahrida bölib ötgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Aholişunoslik va taraqqiyot komissiyasining 52-sessiyasi bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori örinbosari Dilbar Alimjonova ham iştirok etib, mamlakatning oila institutini mustahkamlaş borasidagi siyosati haqida nutq sözladi. 

Alimjonova sessiya iştirokçilarini 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar Strategiyasi tarkibiga kiritilgan rejalar va ularning  amalga oşiriliş jarayoni bilan taniştirdi. 

— Harakatlar Strategiyasi doirasida Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida oila institutini yanada mustahkamlaş, yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ta'lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya qiliş sohalarida katta islohotlar amalga oşirilyapti. Va har yili bu sohalarga davlat budjetining 50 foizdan köproği sarflanadi.  

Respublikada oila institutini mustahkamlaş konsepsiyasi tasdiqlandi. Unga köra, aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, onalar va bolalar, ösmirlar soğliğini saqlaş, tuğma irsiy kasalliklarni  bartaraf etiş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda, – degan Dilbar Alimjonova öz nutqida.

Eslatib ötamiz, şu yilning mart oyida «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlaş töğrisida»gi qonun qabul qilingan edi. Unga köra zamonaviy reproduktiv texnologiyalar,  xususan, EKO (sun'iy uruğlantiriş) usuli yordamida bepuştlikka  qarşi kuraşiş uçun ruxsat berilgan edi.