O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Markaziy bank hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
davlat notarial idoralari tomonidan – ko‘chmas mulkka oid bitimlarni tasdiqlash ishlarini amalga oshirishda, ko‘chmas mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, cheklangan (yuklangan) va bekor bo‘lgan hollar bundan mustasno;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan – “E-IJRO AUKSION” Yagona elektron savdo maydonchasida ko‘chmas mulkni (davlat aktivlari qismida) auksion orqali sotishda;
rieltorlik tashkilotlari tomonidan – noturar ko‘chmas mulk bo‘yicha rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatishda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etayotgan tijorat banklari tomonidan – qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda “yagona darcha” tamoyili asosida Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma berish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Belgilanishicha:
2019 yil 1 sentyabrdan boshlab notarial harakatlar asosida vujudga keladigan Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulkka, 2020 yil 1 yanvardan boshlab esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi ma'lumotlar Reyestrga faqat davlat notarial idorasining talabnomasiga asosan elektron shakldagi kadastr pasporti tayyorlanganidan keyin notariuslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda huquq egasini o‘zgartirish shaklida kiritiladi va bir vaqtning o‘zida Reyestrdan ko‘chirma beriladi;
2020 yilning 1 yanvaridan boshlab uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar tijorat banklari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
















