Röziqul Berdiyevning matbuot anjumanida aytgan gaplari barçaga birdek ta'sir qildi. Çindan ham, yoş avlodni yiğlatib qayoqqaça bormoqçimiz? Bu yiğilar qayerdadir uşlab qolişi, asorati boşqa yerda, kattaroq turnirlarda sezilişini nahotki aççiq tajribamizdan bilmasak, nahotki unutgan bölsak? Axir, hammamizdan yuqorida turgan Hakamning barçadan-da adolatli hukmidan çetlab ötişga çoramiz yöq-ku. Ha, mana şunisi oğriqli masala. Şunisi yomon.

Mayli, keling, hozir men şarhlovçilik qismati haqida gapirib beray sizga.

«Suyunçi» filmida muallif antiqa yondoşuvlari bilan meni hayratga solgan. Ayniqsa, Anzirat hola köprik qurdirgan va rais odamlardan xoli joyda: «Yaxşi qilibsiz-u, lekin biz bilan bir maslahatlaşsangiz bölardi», deb mutaxassislarning aralaşuvini örtaga qöygani va unga boş qahramonning: «Şunaqa qilmasam, yotaverardi-da», mazmunidagi javobi ikki tomonning-da pozitsiyasi töğriligini körsatadi. Rostdan ham ikkisi bir-biriga qarşi gapirayapti-yu, lekin özlarining tarafidan töğri yondaşişyapti.

Şarhlovçilik sohasini öşa Anzirat holaning roliga öxşataman. Şarhlovçi rosmana mutaxassis emas — futbolçi bölmagan, murabbiy darajasida futbolni tuşunmas, ammo şarh davomida gapirmasa, öyin davomida futbolçilarning xatti-harakatini özi bilganiça tahlil qilib bormasa, bölmaydi. Muammoni yeçiş uçun uni vaqtida aytiş kerak köpinça.

Şarhlovçilik sohasining yanada qiziq tomoni şuki, futbolçilarning öyiniga baho beriş, murabbiylarning taktikalarini bemalol tahlil qiliş bilan birga futbolçilarga hakam bölib turganlarning ustidan-da hakamlik qila oladi. Zör-a?! Bir hakam menga: «Futbolçilarning qismati bizning qarorimizga, bizning faoliyatimiz esa, köproq sizlarning gapingizga boğliq», degandi. Rost. Hakam öz qarori bilan öyinga qanday ta'sir ötkazsa, şarhlovçiniki ham şu darajada. Ba'zan köproq bölsa bor, kam emas.

Lekin şarhlovçilik boşqa tomondan öta murakkab soha — jamoasi uçun yonib kuyadigan işqibozlar va hissiyotni bir çetga surib qöyib tahlil qiladigan mutaxassislar örtasida jon saqlaşi kerak. Muxlislar gapini e'tiborga olaman, deb şarhlasa, hakam qarorlari masalasida hissiyotga berilib ketişi va janjalli voqeaga sabab böladigan darajadagi xatoga yöl qöyib qöyişi mumkin (bu xatoni töğrilab bölmaydi keyin). Mutaxassisona yondoşib, hakamning qarorini hakamlar bilan işlovçi qömitaga havola qilsa va xatoni öyin payti emas, uçraşuv tugagaç izlaşni ma'qul körsa, muxlislar nazdida qörqoqqa aylanadi. Aslidayam şunaqami?