Şarhlovçilikka kirib kelişi

– Tasodifan kelib qolganman. 2015 yili şarhlovçi Jasurbek Ğaybullayev men bilan aloqaga çiqdi va «UzReport»da özimni sinab körişimni tavsiya qildi. Bordim, xonaga kirdim. «Barselona» – «Yuventus» (3:1) örtasidagi 2015 yilgi Çempionlar Ligasi finalini qöyib berişdi. Şarhlagandek böldim, aniqroği, gapirdim. Oradan bir neça kun ötgaç, Aleksandr Şmurnov va boşqa rus şarhlovçilarining master-klassiga bordim. Öşanda «Ertaga futbol şarhlaysan», deyişdi. Barçasi kutilmaganda tez bölib ketdi.

    Ilk şarhim? Şmurnov bilan EÇL guruh bosqiçidagi «Roma» – «Barselona» (1:1) bahsi bölgan. Aytgança, öşa paytda Eldor Şomurodov «Roma»da yöq edi. Suares hisobni oçgan bölsa, Florensi maydon markazidan gol urib ter Stegenga «alangali salom yöllagandi». Öşa kuni asosan Saşa aka gapirdi. Men esa «Assalomu alaykum» va «Xayr. Körişgunça» dedim.

    Hayajon bölmadi. Çunki hali qayerga kelganimni yaxşi anglamagandim. Ayrimlar şarhlovçi bölaman, deb butun umr orzu qiladi. Menda esa bunday niyat bölmagan. Ammo imkoniyat bölib qoldi. Ikkinçi şarhimda, ha, emotsiyalar bölgan.

Şarhlovçilikdan taşqari

– Soham? TATUda öqiganman. Informatsion texnologiyalar böyiça mutaxassis bölişim kerak edi, lekin soham böyiça bir kun ham işlamadim.

    Şarhlovçilikda taşqari? Ha, boşqa işlarim ham bor. «Sport»da «Reklama va marketing» bölimi rahbariman. Bundan taşqari, köçada boşqa loyihalarim ham bor. Lekin hozir bularni gapirmayman. Çunki intervyu ijtimoiy tarmoqqa çiqqaç, soliq inspeksiyasidan qiziqib qolişlari mumkin. Keyin soliq deklaratsiyalarini töldirişimga töğri keladi.

Havas qiladigan şarhlovçilari

 – Birinçisi – Aleksey Andronov. Uning tahlillari kuçli edi. Lekin vaqt ötib, uni eşitmay qöydim, çunki Andronov siyosatga berilib ketdi. Ikkinçisi – Yuriy Rozanov. U universal edi – istalgan sport turini tuşunardi, şarhlay olardi. Bugungi kunda Denis Kazanskiy va Roman Gutsayt şarhlarini köproq eşitaman.

«Şarh – men uçun bayram»

– Şarh – avvalo, hobbi. Lekin hozirgi kunda kasbga aylandi. Har holda şu orqali plastik kartoçkaga pul tuşib turibdi. Ta’kidlaşim kerakki, men muxlislardan çiqqanman. Oddiy muxlis edim. Omadim kelib, tasodifan şu kasbga kelib qoldim. Şu sabab telegram kanalimda ham muxlislarning savollariga töliq javob berişga harakat qilaman. Ular begona emas.