.

«Şarhlovçi bölaman» degan niyatim yöq edi

– Şu sohaning içida katta bölganman, desam ham böladi. Dadam – Davlat Turdialiyev bu kasbning yetuk vakillaridan edi. Maktab va institutda öqib yurgan kezlarimda televideniyega borib yurardim, lekin u paytda «şarhlovçi bölaman» degan niyat yöq edi. Çunki dadam ham aytardi: «Yaxşi kasb. Köça-köyda köpçilik taniydi, ammo bizda bu soha rivojlanib ketmagan. Universal böl». Madaniyat va san’at institutiga kirişimga sabab ham şu edi.

  Ammo dadam kutilmaganda olamdan ötdilar. Hammasi tezda bölib ketdi. Öşa paytda tentirab qoldim. «Endi nima qilaman?» degan savol 24 soat miyamdan ketmadi. Nimadir qila olişimni bilardim, tanlov imkoniyati qolgandi. Dadamning hamkasblari, şogirdlari «Sport» telekanaliga kirişni maslahat berişdi. Şu örinda Jamoliddin Bobojonov, Eldor Mustafoyev va Davron Fayziyevlarga rahmat aytmoqçiman. Öşa paytda qölimdan keladigani şu edi. Institutni endi bitirgandim, teatrda oylik juda past edi. Rözğor taşvişi sabab televideniyeni tanladim. «Xabarlar»da işladim, turli körsatuvlarda boşlovçilik qildim, anonslar öqidim, dublyajlarda qatnaşdim. Biatlon şarhlaş orqali köproq ösdim, deb öylayman. Keyin futbolga ötdim. Boşida oddiy öyinlarni şarhladim, umuman vaziyat bölmaydigan bahslar bölardi.

  Futbol bu kasbning eng çöqqisi ekanligini tuşunardim. «UzReport»ga ötişimga sabablardan biri ham şu böldi, çunki «Sport»da u payti translatsiyalar kam, şarhlovçilar köp edi. Ösiş uçun köproğini xohlar ekansiz. Davron akaga istagimni aytdim, «Aytib köraman» dedilar. Boşida közim yetmagandi. Öşa vaqtda telekanal qişki olimpiada translatsiyasini sotib olgandi. Universalligim qöl keldi, öşa musobaqa orqali özimni körsatib oldim. Şu orqali işonçga kirdim.

«San’at yönalişida öqiganimdan afsuslanmayman»

– San’at sohasida öqiganimdan afsuslanmayman. Çunki institutgaça bölgan Hasan bilan undan keyingisi örtasida juda katta farq bor. U yerda yaşirin qirralarimni kaşf eta oldim. Bir gap bor: «San’at institutiga xalq artisti bölib kirasan, yakunda heç kim bölib çiqib ketasan». Menda aksinça böldi, ya’ni «xalq artisti» böldim demoqçi emasman, lekin özimni taniy oldim.