Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha qator yirik zavodlarni sotadi
Davlat qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi bir nechta yirik zavodlarni sotadi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan «Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorda aytiladi.
Hujjat bilan ustav kapitallari (fondlari)dagi «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatining ulushlari korxonaning asosiy faoliyatini saqlab qolish sharti bilan sotiladigan xo‘jalik jamiyatlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ularning aksariyatida davlatga qariyb 100 foiz tegishli. Xususan, quyidagilar sotiladi:
«Agregat zavodi» AJda 99,2 foiz;
«Texnolog» AJda 98,8 foiz;
«Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJda 91,7 foiz.
«Urgenchkormash» AJda «O‘zagrotexsanoatxolding»ning ulushi 26 foizga teng, aynan u sotuvga qo‘yildi.
Bundan tashqari, «Agrosanoatmashinvest» MChJ 100 foiz, «Agrotexmash-DD» MChJda 100 foiz, «Agromash sanoat invest» MChJda 76 foiz, «Castle in mountain» MChJda 50 foizlik ulush sotilmoqda.
Mavzuga oid
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
17:20 / 23.06.2026