Jamiyat | 07:45 / 08.04.2019
2431
2 daqiqa o‘qiladi

Kann Xalqaro kinofestivalida 2-marta «Uzbekistan» milliy paviloni tashkil qilinadi

«Uzbekistan» milliy paviloni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda. 

Bu borada O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi Kann kinofestivali direksiyasi bilan tegishli shartnoma imzolagan bo‘lib, hozirgi kunda milliy pavilonni tashkil qilish bilan bog‘liq tashkiliy jarayon olib borilmoqda.

Ushbu nufuzli kinotadbir davomida betakror yurtimizning kinoturizm salohiyati va qulay kinolokatsiyasini targ‘ib qilish, taniqli kinokompaniyalarni mamlakatga o‘z filmlarini suratga olish uchun taklif qilish, PROlogue V Xalqaro kinofestivalining taqdimoti, jahon kinosanoati vakillari bilan O‘zbekiston ishtirokida qo‘shma kinoloyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishish hamda milliy filmlarimiz targ‘iboti rejalashtirilgan.  

72-Kann Xalqaro kinofestivali 2019 yilning 14-25 may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet bulvaridagi Festivallar va kongresslar saroyida o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning ilk milliy paviloni yosh kinoijodkorlar tomonidan 2018 yili O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tashabbusi bilan tashkil qilingan edi. Joriy yilning fevral oyida o‘tkazilgan Berlin Xalqaro kinofestivali (Berlinale) doirasidagi kinobozorda ham ilk marotaba ishtirok etilib, ko‘plab hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid