Bu yil Özbekiston Milliy paviloni 75-Xalqaro Kann kinofestivali doirasida uçinçi marta iş boşladi.

Pavilon 18 maydan 22 mayga qadar dunyodagi eng taniqli va yirik kino bozori – Kann kinofestivali vaqtida maşhur Kruazet qirğoğida muntazam ötkaziladigan Marché Du Film’da iş olib boradi.

Pavilonga kino, TV va media olami professionallari taşrif buyuradi. Ular butun dunyodan yangi loyihalarni tanlaş, taklif etilayotgan lokatsiyalarni közdan keçiriş va suratga oliş haqida kelişuvlarga erişiş uçun Kannda töplanişadi.

Taşkilotçilarning sa’y-harakati bilan Özbekiston Marché Du Film kino bozori markazida AQŞ, Xitoy, Avstraliya va boşqa mamlakatlar yaqinidagi nufuzli joyga ega böldi. Yarmarka işi davomida Özbekiston öz lokatsiyalarida film va media-mahsulotlarni suratga olişga butun dunyodan prodyuser va rejissyorlarni jalb etişga harakat qiladi.

Özbekiston qadimiy şaharlari, betakror yodgorliklari va manzaralarining ommabop film va teledasturlarda körinişi xorijiy sayyohlar e’tiborini tortişga yordam beradi. Bu turizmda olğa siljişning sinalgan usullaridan biri. Bundan taşqari, bu oçiq va mehmondöst mamlakat imijini yaratişga xizmat qiladi.

Har bir mamlakat rejissyorlar va prodyuserlarga suratga oliş uçun öziga xos şaroitlarni taklif qilişga urinadi. Bu yil Özbekiston mamlakatimizda suratga oliş istagida bölgan kinokompaniya va telekanallar xarajatlarining bir qismini qoplab beradi.

Professionallar hamjamiyatida bu taklif qiziqiş uyğotdi va pavilon işining dastlabki kunidanoq faol muzokaralar boşlandi. 
Kann kinofestivalidagi Özbekiston Milliy paviloni bu yil ham ötgan yillardagi kabi Özbekiston Milliy kinokomissiyasi tomonidan Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoşlar işlari agentligi va Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasi tomonidan taşkil etilgan.

Özbekiston Milliy paviloni boş homiysi — Orient Group kompaniyasi.

Delegatsiyaning Fransiyaga uçib kelişi milliy aviataşuvçi - Uzbekistan Airways tomonidan taşkillaştirilgan. Mehmonlarning yaşaşi va joylaştirilişi Asialuxe Travel turoperatori tomonidan taşkil etilgan.

Pavilon işi vaqtida Kann kinofestivali mehmonlariga «Uzbekistans club» global motivatsion platformasi taqdimoti namoyiş etiladi. Uning loyihalaridan biri «Özbekistonlik» filmi bölib, birinçi qismi 2022 yilning martida taqdim etilgan va keng tomoşabinlar auditoriyasi va OAVda katta şov-şuv uyğotgan.