Kann kinofestivali maydonçasida Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Milliy PR-markaz va Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasi örtasida bir qator kelişuvlarga erişildi.

18 maydan 22 mayga qadar 75-Xalqaro Kann festivali doirasida Özbekiston Milliy paviloni namoyiş etiladi. Uning yonida boşqa davlatlar, xususan, AQŞ, Xitoy, Avstriya kabi mamlakatlar milliy pavilonlari joy olgan. 

Foto: Uzbekistan’s club matbuot xizmati

Pavilon işi davomida  Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasi rahbarlaridan biri Dirk Vandereyken bilan loyihalarni hamkorlikda amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi. Assotsiatsiya Özbekistonga taşrif buyurişga katta qiziqiş bildirdi, ötkazilayotgan islohotlar bilan tanişiş hamda turistik salohiyatni oşiriş maqsadida Özbekistonga yetakçi Yevropa naşrlari jurnalistlarining press-turlarini  taşkillaştirişga oid kelişuvga erişildi.  

Foto: Uzbekistan’s club matbuot xizmati

Şuningdek, Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasini iyun oyida Berlinda, iyul oyida esa Parijda Özbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi kömagida ötkaziladigan «Yangi Özbekiston» forumlarini taşkil etişga jalb qiliş töğrisida kelişuvga erişildi. Dirk Vandereyken uşbu tadbirni yoritiş uçun köplab Yevropa jurnalistlarini jalb qilişda kömaklaşişga va’da berdi. Bundan taşqari, tomonlar Orol dengizi muammosini ilgari suriş uçun «Ertangi kun» musiqiy klipining ingliz tilidagi versiyasini yaratişda Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasining kömagi masalasini muhokama qilişdi. Özbekiston xalq artisti Jyenisbek Piyazov va «Elektrooko» guruhi iştirokidagi mazkur klip 2021 yilda «Zamin» fondi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan yaratilgan.

Foto: Uzbekistan’s club matbuot xizmati

Muzokaralar yakunida Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Milliy PR-markaz va Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasi örtasida muhokama qilingan maqsadlarni mustahkamlovçi memorandum imzolandi.