Jahon | 14:29 / 08.04.2019
27228
1 daqiqa o‘qiladi

«Ostonada, yo‘q, Nur-Ostonada»: Qozog‘iston moliya vaziri o‘rinbosari poytaxt nomida adashib ketdi

Foto: Videodan kadr

Qozog‘iston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Berik Sholpankulov jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, poytaxt nomida adashib ketdi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.

«Olmaota, Ostona shaharlarida ....va, ya'ni, Nur-Ostonada... yo‘q, Nur-Sultonda, kechirasiz», - deya adashib ketgani uchun uzr so‘ragan vazir o‘rinbosari.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab foydalanuvchilar ushbu vaziyatni xotirjam qabul qilishdi va vazir o‘rinbosarini tushunmovchilik uchun ayblashmadi. 

Qozog‘iston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari 44 yoshda. U bu lavozimga 2019 yil 3 mart kuni tayinlangan. 

Bundan oldin, Oqo‘rda Qozog‘iston prezidenti oilasidan ajrashgani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid