O‘zbekiston | 14:57 / 08.04.2019
5114
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytiradi

Foto: FVV

Bishkekda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalarining favqulodda vaziyatlar yo‘nalishidagi birinchi qo‘shma majlis bayonnomasi imzolandi, deb xabar bermoqda FVV.

Qayd etilishicha, respublikalarning birinchi uch tomonlama favqulodda vaziyatlar yo‘nalishidagi ekspertlarining qo‘shma Hay'at yig‘ilish kun tartibida 6 ta masala qo‘yildi.

Asosiy masalalar qatorida – sel oqimi, qor ko‘chkisi va yer ko‘chkisini oldini olish bo‘yicha malaka almashinuvi hamda transchegaraviy sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, chegara hududlarida joylashgan potensial xavfli obektlarda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf qilish yuzasidan hamkorlikda maxsus ishlarni bajarish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va boshqa dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Foto: FVV

Yig‘ilish jarayonida ishchi guruh mutaxassislari bayonnoma loyihasini muhokama qildi. Hujjatning loyihasiga ekspertlar o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi.

Har bir savol bo‘yicha delegatsiya a'zolari transchegaraviy hududlardagi muammolarning yechish yo‘llari bo‘yicha batafsil tarzda ma'ruza qildilar.

Yig‘ilish so‘ngida O‘zbekiston, Tojikiston, va Qirg‘iziston ekspertlarining yig‘ilish yakunlari bo‘yicha bayonnomasi tuzildi va delegatsiyalar rahbarlari tomonidan imzolandi.

Ushbu tadbirda, keyingi uch tomonlama bu kabi yig‘ilishni 2021 yilda O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha taklif bildirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid