Buxoroda yuk mashinasi va poyezd to‘qnashdi. Turkiya fuqarosi halok bo‘lgan
2019 yil 8 aprel kunidan 9 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 01:15larda Buxoro viloyati Qorako‘l tumani, “Solur” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yo‘nalishidagi Xalqaro M-37 avtomobil yo‘lida YTH yuz bergan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Qandim GPZ temir yo‘lining 2 km.da yo‘lni kesib o‘tayotgan Turkiya Respublikasi fuqarosi Z.K. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Mersedes-bens” rusumli tirkamali yuk avtomashinasi bilan yo‘lini kesib o‘tayotgan TeM2-5808-raqamli teplovozning yoqilg‘i bakiga urib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, Turkiya Respublikasi fuqarosi Z.K. og‘ir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tuman IIB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, Turkiyaning TAFA shirkatiga qarashli "Mersedes-Bens" yuk mashinasi O‘zbekistonning Buxoro shahriga kafel olib kelayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024