Özbekistonlik 13 yoşli şaxmatçi Umida Omonovaga FIDE ustasi unvoni berildi. Şu tariqa u Özbekiston tarixida uşbu unvonni qölga kiritgan eng yoş ayol masterga aylandi.

Jahon çempionati sovrindori hisoblanuvçi Omonova ayni kunlarda Şri-Lankaning Kalutara şahrida bölib ötayotgan ösmirlar örtasidagi Osiyo çempionatida qatnaşmoqda.

Ma'lumot uçun, 2006 yilda tuğilgan Umida Omonova – öz yoş toifasida Özbekistonning eng kuçli şaxmatçisi sanaladi. U öz yoş toifasida rapid va blits yönalişida jahon çempioni, standart yönalişida esa jahon vitse-çempioni hisoblanadi. Şuningdek, Umida rapid va blits yönalişida öquvçilar örtasida Osiyo çempionatining mutlaq çempioni hamdir.

Omonova jahon reytingida öz yoş toifasidagi şaxmatçilar orasida ikkinçi örinni egallab turibdi.