Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud protsesslari va ishtirokchilari xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartishlar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 23 fevraldagi 11-87, 20-son qarori bilan tasdiqlangan Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartishlar kiritilishi mumkin.
Xususan, 14-1-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“14-1. Advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, O‘zbekiston Respublikasining protsessual kodekslariga qat'iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak.”.
25-bandning (Quyidagi shaxslar sud binosiga nazorat o‘tkazish punkti orqali xizmat guvohnomasini ochiq holda ko‘rsatgan holda kirish huquqiga ega) uchinchi xatboshisidagi “devonining” degan so‘z “Administratsiyasining” degan so‘z bilan almashtiriladi.
Mavzuga oid
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
12:00 / 15.05.2026