Hujjat bilan tarmoq tashkilotlari tomonidan 2019 yil uchun belgilangan eksport prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika ishchi guruhining tarkibi tasdiqlandi.
Belgilanishicha, Respublika ishchi guruhi a'zolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida tashkil etiladigan shtabda asosiy ish joyidan ajralgan hamda lavozim maoshi saqlab qolingan holda faoliyat ko‘rsatadi.
Quyidagilar Respublika ishchi guruhining (S.Saidkarimov) asosiy vazifalari etib belgilandi:
tarmoq tashkilotlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash hamda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan ta'sirchan chora-tadbirlarni belgilash;
manfaatdor vazirlik va idoralarning sohaga oid mutaxassislarini jalb etgan holda, joylardagi tarmoq tashkilotlarining eksport salohiyatini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;
har oy yakuni bo‘yicha eksport prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tarmoq tashkilotlari rahbarlarining mas'uliyatini oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziriga takliflar kiritish.
Respublika ishchi guruhi o‘rganish natijalari va eksport prognozi ko‘rsatkichlarining bajarilish holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga haftalik axborot kiritib boradi.
Tarmoq tashkilotlari tomonidan 2019 yil uchun belgilangan eksport prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining tarkibi:












