2007 yilda Quyoş tizimidagi eng katta mitti sayyorani topgan astronomlar barça istovçilarga sayyora uçun uçta variantdan nom tanlaşni taklif qilişdi. Sayyora şartli ravişda 2007 OR10 deb belgilangan.
“Barça kiçik samo jismlarini birinçi bölib oçganlar keyingi 10 yil içida unga nom beriş huquqini oladilar”, deb aytgan sayyorani oçganlardan biri, amerikalik sayyoraşunos Megan Şuomb.
Koyper kamariga kiruvçi plutoidning diametri 1600 kmga yaqinni taşkil qiladi. Mitti sayyora taniqli sayyoraşunoslar Megan Şuomb va Maykl Braun tomonidan oçilgan.
Foydalanuvçilar sayyora uçun quyidagi nomlardan birini tanlaşlariga töğri keladi: Gungun, Xolda va Vili.
Ta'kidlanişiça, ovoz beriş 10 maygaça davom etadi. Şundan keyin eng köp ovoz töplagan nom Xalqaro astronomik ittifoqqa ma'qullaniş uçun jönatiladi.












