Amerikalik astronomlar Quyoş tizimidagi «X sayyora» nomi bilan atalgan töqqizinçi sayyorani kaşf etişga yaqin turibdi. Bu haqda LiveScience ma’lumotlariga tayanib, AiF xabar berdi. 

Olimlar sayyora mavjudligi haqidagi taxminlarini Koyper kamaridagi jismlarning ğalati qiyşiq orbitalari bilan boğlaşmoqda, buni Yerdan yetti barobar katta bölgan sayyoraning tortişiş kuçi bilan izohlaş mumkin. 

Şu munosabat bilan, Quyoşdan taxminan 500-600 astronomik birlik uzoqlikda joylaşgan X sayyorasi Quyoş tizimida beşinçi yirik sayyora bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Astronomlar Havayidagi Pan-STARRS observatoriyasida sayyora joylaşgan bölişi mumkin bölgan hududning 78 foizini örganib çiqqan. Qolgan qismini uşbu observatoriyada örganişning texnik imkoniyati yöq. Qayd etilişiça, sirli sayyora bir neça yil içida kaşf etilişi mumkin. 

Bugungi kunda Quyoş tizimi sakkizta sayyorani öz içiga oladi - Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun. 1930 yilda kaşf etilgan töqqizinçi sayyora hisoblangan Pluton 2006 yilda bu maqomini yöqotdi. Bu kosmik jism mitti sayyora sifatida tan olindi va Koyper kamarining eng katta obekti hisoblanadi.