Quyoş tizimining “nomsiz” eng yirik obekti 2007 OR10 xitoy suv ilohi Gungun nomiga ataladigan böldi. Bu haqda samo jismini birinçilardan oçgan astronom Maykl Braun ma'lum qildi.

Samo jismiga nom internetda ovoz beriş yöli bilan uçta nom içidan tanlangan. 

“Biz ommaning e'tiboridan hayratlandik – ovoz berişda umumiy hisobda 280 mingdan köproq odam iştirok etdi. Dastlab unda Vili yetakçilik qildi, söngra Gungun oldinga çiqib oldi. Öylaşimça, bu mos tanlovdir – uşbu iloh toşqinlar va Yer orbitasini “tebratişni” ifodalagan”, deb aytgan Gavayi orollaridagi Jyemini observatoriyasi olimi Megan Şuomb.

Uşbu kiçik sayyora 2007 yilda aynan Şvomb va Braun tomonidan kaşf qilingan. Uzoq vaqt davomida olimlar uni Plutonning oddiy bir kiçik “qöşnisi” deb hisoblab kelişgan. Unga qiziqiş 3 yil avval, diametri avval hisoblangandan 300 km ga kattaroq ekanligi aniqlangandan keyin qayta yuzaga kelgan. Bundan taşqari, diametri 1600 kmni taşkil qiladigan uşbu samo jismining diametri 250 kmga yaqinni taşkil qiladigan yöldoşi borligi ham aniqlangan.

Yaqin orada olimlar Xalqaro astronomiya ittifoqiga 2007 OR10’ga Gungun nomi berilişi söralgan rasmiy sörov yöllaşadi.